Нашир қилинган сана: 18.07.2022
Категория: Янгиликлар
2022-yil 30-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirish Departamenti tomonidan “IFODAAGRO KIMYO HIMOYA” mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo'shma korxonasi korporativ obligatsiyalarining birinchi emissiyasi davlat ro'yxatidan o'tkazildi. “IFODAAGRO KIMYO HIMOYA” MChJ QK korporativ obligatsiyalarini emissiyasining asosiy maqsadlari qilib yangi loyihalarni moliyalashtirish va korporativ boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish uchun mablag' jalb etish belgilangan. Obligatsiyalarni joylashtirish yopiq obuna orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan. “IFODAAGRO KIMYO HIMOYA” masuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoshma korxona Ozbekistonda osimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va mineral ogitlar bozorida
2006 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Korporativ obligatsiyalar bo'yicha foizlar va asosiy qarzni to'lash jadvali: